Uchrashuvda idoralar oʻrtasidagi jamoat xavfsizligini taʼminlash, terrorizm, ekstremizm, kiber jinoyatlar, odam savdosi va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik qilish, doimiy maslahatlashuvlarni yoʻlga qoʻyish orqali oʻzaro tajriba almashish, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish sohasida hamkorlik aloqalarini faollashtirish boʻyicha kelgusidagi vazifalar rejalashtirib olindi.
Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy Gvardiyasi bilan Koreya Respublikasi Koreya Milliy politsiya agentligi oʻrtasida ikki va koʻp tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi oʻtkazildi. “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Koreya Respublikasi Koreya milliy politsiya agentligi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida”gi kelishuv, “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi va Koreya Respublikasi Koreya milliy politsiya agentligi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi”, “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bilan Koreya Respublikasi Koreya milliy politsiya universiteti oʻrtasidagi anglashuv memorandumi”, “Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Koreya Respublikasi Koreya milliy politsiya universiteti oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi” imzolanib, hujjatlar almashildi, deya xabar qiladi IIV Axborot xizmati.
2021-2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy Gvardiyasi bilan Koreya Respublikasi Koreya Milliy politsiya agentligi oʻrtasida amaliy hamkorlik boʻyicha tadbirlar rejasini (“Yoʻl xaritasi”) imzolandi.
Koreya Respublikasi Koreya Milliy politsiya agentligi delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi davom etmoqda.