Po'lat Bobojonov Toshkent shahridagi bir qator ob'ektlar faoliyatini o'rgandi

    Tadbir davomidaUchtepa tumani elektr tarmoqlari korxonasi faoliyati ham o'rganilib, aholi murojaatlarini zudlik bilan hal etish bo'yicha ishlar rejalashtirildi.

    Joriy yilning 16 yanvar` kuni davlatimiz rahbari huzurida o'tkazilgan tezkor yig'ilishda respublika hududiga anomal sovuq kirib kelishi bilan barcha hududlarda, jumladan, Toshkent shahrida tabiiy gaz bosimining pasayib ketishi, elektr tarmoqlarida tartibsiz uzilishlar kuzatilayotganligi tufayli, fuqarolarning xonadonlarida isitish bilan bog'lik muammolarni bartaraf etish maqsadida mas'ullarga bir qator topshiriqlar berildi. Belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po'lat Bobojonov tomonidan Toshkent shahrida tungi vaqtda bir-qator ob'ektlar faoliyati o'rganib chiqildi.

    Ma'lumot o'rnida, Toshkent shahrida 584 ta mahallalarda 2 mln 912 mingdan oshiq aholi istiqomat qiladi. SHahar bo'yicha 8 033 ta ko'p qavatli uylarining issiqlik energiyasi 11 ta qozonxona tomonidan etkazib beriladi. Kunlik iste'mol 31,4 mln kVt/soat elektr va 18 852 ming m3 gaz. Jumladan, CHilonzor tumani «Katta Qozirobod» mahallasida jami 4 336 nafar aholi uchun elektr va issiqlik energiyasi bilan ta'minlanganlik ahvoli qoniqarsizligi sababli elektr tarmoqlari mutasaddi rahbarlariga mazkur mahallada qo'shimcha bitta yangi transformatorni o'rnatish topshirig'i berildi.

    SHuningdek, tumanning «Do'mbirobod» va Mevazor» mahallalarida yo'lning qatnov qismi va trotuarlarda to'planib ketgan, transport va aholining yurishiga xalaqit berib, jiddiy noqulayliklar tug'dirayotgan qor uyumlari va muzliklardan tozalash bo'yicha ishlar nazoratga olindi. Mahallaning 114- maktabi uchun eskirgan 240 metr kabel` o'rniga yangisiga almashtirilgan kabellar ko'zdan kechirilib, mulkni talon-taroj qilishni oldini olish bo'yicha elektr tarmoqlari va ichki ishlar organlarining mutasaddi rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

    Tadbir davomida Uchtepa tumani elektr tarmoqlari korxonasi faoliyati o'rganilib, kundalik 64 807 ta iste'molchilarga 31,4 mln kVt/soat elektr etkazilishini inobatga olgan holda, birinchi navbatda aholiga elektrni uzluksiz etkazish, avariya holatlarni bartaraf etish, aholi murojaatlarni zudlik bilan hal etish bo'yicha ishlar rejalashtirildi.

    SHu kuni, poytaxtimizning YUnusobod tumanida joylashgan Feniks Art servis boshqaruv kompaniyasi faoliyati ham o'rganilib, aholiga elektrni uzluksiz etkazish, avariya holatlarni bartaraf etish, aholi murojaatlarni zudlik bilan hal etish bo'yicha taklif va tavsiyalar berildi.

    Poytaxt hududida aholi muammolarini o'rganish ishlari davom etmoqda.

    O'zbekiston Respublikasi IIV