Poʻlat otni jilovlagan fermer ayol

    Agrosektor 21 Sentabr 2020 1878

    “Olimjon qizi Shoiraxon” fermer xoʻjaligi paxta terish mashinasi sotib oldi va uni fermer ayolning oʻzi boshqaryapti.

    Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida uch yil avval tashkil etilgan 122 gektar yer maydoniga ega “Olimjon qizi Shoiraxon” fermer xoʻjaligini Shoiraxon Shamatova boshqarib keladi.

    Xoʻjalikning tashkil etilishi bilan yigirma nafar qishloq yoshlarining bandligini taʼminlandi. Bu yil 100 gektarda gʻalla, 22 gektarda esa paxta yetishtirildi.

    — Zarur texnikaga ega boʻlmagan fermer birovdan bigiz soʻrab ishlayotgan etikdoʻzning oʻzginasi, — deb taʼrif beradi Shoiraxon. — Paxta terimida chetdan kombayn yollab, har yili bir necha million soʻmgacha xarajat qilardik. Bu yilgi paxta yigʻim terimi arafasida oʻn yillik muddatga 1 milliard 275 million 350 ming soʻm 15 foizlik kredit oldik va uni texnika taʼminotiga yoʻnaltirdik. Endi oʻsha pullar yonimizga qoladigan boʻldi. Bu orada terim mavsumida qoʻshnilarga

    koʻmaklashib, qoʻshimcha pul ishlab ham olamiz. Fermer xoʻjaligi kredit evaziga “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi”dan yangi ishlab chiqarilgan “TZST CE-220” rusumli paxta terish mashinasi sotib oldi va uni fermer opaning oʻzi boshqaryapti, deb xabar beradi Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.