Kelgusi besh yilda Navoiy viloyatida 12 ming oliy, ishchi kasblar boʻyicha 40 ming oʻrta maʼlumotli mutaxassislarga talab boʻladi.

Shu sababli, Navoiy konchilik instituti negizida qariyb 15 ming talabani oʻqitadigan Politexnika universiteti tashkil etiladi.

Ushbu oliygohda, nufuzli xorijiy universitetlar bilan qoʻshma dasturlar, zamonaviy laboratoriyalar, jahonning yetakchi olimlari ishtirokida amaliy-innovatsiya markazlari faoliyat olib boradi.

Shuningdek, Navoiy davlat pedagogika instituti quvvatlari qoʻshimcha 6 ming oʻringa kengaytiriladi.

Natijada, viloyatda 20 ta yangi yoʻnalishlar ochilib, oliy taʼlim bilan qamrov darajasi 37 foizdan 60 foizga yetadi.