AQSHning Origon shtatida istiqomat qiluvchi 36 yoshli Daniyel Rey Stabllfild politsiya xodimi yuziga tuflagani ortidan 2 yildan koʻproq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Mazkur voqea 23-mart kuni sodir boʻlgan edi. Unga koʻra, ayblanuvchi politsiya xodimi yuziga tuflagan va oʻzining Covid-19 bilan xastalanganini aytgan.
Mazkur axloqsizlik yuzasidan politsiya xodimi shikoyat bilan murojaat etmagan, uning koronavirus tekshiruvi uchun topshirgan testi manfiy chiqqan boʻlsa-da, qo'shimcha daʼvo arizalariga koʻra, Stabllfildga boshqa ayblovlar bilan qamoq jazosi belgilangan.
Ayblanuvchining advokati bergan maʼlumotga koʻra, aybdor deb topilgan shaxs ruhiy nosogʻlom va anchadan beri alkogol mahsulotlari bilan kurashib keladi.
Oʻz aybini tan olgan Stabllfild nima qilganini koʻpincha eslay olmasligini aytib, aybiga iqror boʻlgan.