Poytaxtimizda oʻtgan tadbirlarning birida “Mega Sport” nomli polo klubi faoliyat boshlagani maʼlum qilindi.
Mazkur tadbirda Oʻzbekiston polo federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev va bir qator mutasaddilar ishtirok etishdi.
Shubhasiz, bu kabi klublarning tashkil etilishi mamlakatimizda ot sporti va yilqichilik yoʻnalishlarini keng ommalashtirish, yoshlarimizni sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish va sogʻlom turmush targʻibotini kuchaytirishga xizmat qiladi.