Polosk davlat universitetining vakillari Navoiyda boʻldi

    Ta'lim 2 Mart 2021 599

    Bahorning ilk kunida Navoiy davlat pedagogika institutiga hamkor Belarus Respublikasi Polosk davlat universitetining mutasaddi vakillari tashrif buyurdi.

    2019-yilda imzolangan shartnomada har ikkala OTMlar oʻrtasidagi maʼmuriy, tashkiliy, professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish hamda tegishli yoʻnalishlar, ilmiy-innovatsion faoliyat, xalqaro hamkorlik sohasida tajriba almashish, hamkorlikda muntazam oʻtkazilib kelinayotgan onlayn konferensiyalarni koʻlamini yana-da kengaytirish va ilmiy maqolalar chop etishni amalga oshirish kelishib olingandi.

    Hamkorlik doirasida 2020-2021 oʻquv yili uchun “Prakticheskaya psixologiya” (Amaliy psixologiya), “Russkiy yazыk kak inostrannыy” (Rus tili chet tili sifatida) 2 ta akadem guruhi tashkil etildi hamda qoʻshma taʼlim (2+2) dasturi yoʻlga qoʻyildi.

    Shuningdek, delegatsiya aʼzolari shu yoʻnalishlarda taʼlim olayotgan talabalar bilan suhbat oʻtkazdi, deb xabar beradi Navoiy viloyat hokimligi matbuot xizmati.