Polsha Belarus bilan chegarada 40 ming askar joylashtiradi

    Polsha Rossiya-Belarus “G'arb-2025” mashg'ulotlariga javoban Belarus bilan chegarada 40 ming askarini joylashtiradi. Bu haqda Polsha mudofaa vaziri o'rinbosari Sezariy Tomchik Polsat News telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.

    “Yaqin kunlarda chegarada 40 mingga yaqin askarimiz bo'ladi”, dedi u.

    Tomchik, shuningdek, Polsha harbiylari Rossiya-Belarus` o'quv mashg'ulotlariga oldindan tayyorgarlik ko'rganini ta'kidladi. “Polsha ko'p oylardan beri “Zapad-2025” o'quv mashg'ulotlariga tayyorgarlik ko'rdi. Polsha armiyasi “Zapad-2025”ga adekvat javob berish maqsadida o'zining 30 mingdan ortiq askarlari ishtirokida, shuningdek, NATO qo'shinlari bilan mashg'ulotlar o'tkazdi”, dedi Polsha harbiy boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari.

    Avvalroq Polsha aeronavigatsiya xizmatlari agentligi (PANSA) harbiylar iltimosiga ko'ra, mamlakatning sharqiy qismlarida Belarus va Ukraina bilan chegaralar bo'ylab havo qatnovini cheklagan edi, deb xabar berdi rg.ru.