Polsha Bosh vaziri dronlar hujumi yuzasidan Vazirlar Kengashining favqulodda majlisini o'tkazadi

    Polsha Bosh vaziri Donald Tusk mamlakat havo hududi buzilgani haqidagi murojaatlar yuzasidan hukumatning favqulodda yig'ilishini chaqirdi.

    Bu haqda respublika hukumati matbuot kotibi Adam Shlapka X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.

    “Bosh vazir 08:00 da Vazirlar Kengashining favqulodda yig'ilishini chaqirdi”, deb yozdi Shlapka.

    Uning ta'kidlashicha, Tusk mamlakat xavfsizligi uchun mas'ul vazirlar bilan gaplashmoqchi.

    Avvalroq Polsha Bosh vaziri Donald Tusk mamlakat havo hududini buzgan ko'plab “ob'ektlar” haqida ma'lum qilgan edi.

    “Polsha havo hududining bir necha bor buzilishi bilan bog'liq operatsiya davom etmoqda”, deb yozdi Tusk X ijtimoiy tarmog'ida.

    Shuningdek, u qo'shinlar mamlakat havo hududini buzgan obyektga qarshi qurol ishlatganiga aniqlik kiritdi.

    “Prezident va mudofaa vaziri bilan doimiy aloqadaman. Men tezkor qo'mondondan to'g'ridan-to'g'ri hisobot oldim”, deya qo'shimcha qildi Bosh vazir.

    U, shuningdek, NATO Bosh kotibi Mark Ryutteni mavjud vaziyat va havo hududini buzgan ob'ektlarga nisbatan ko'rilayotgan choralar haqida ma'lum qilganini aytdi.

    08:36

    Polsha havo hududiga noma'lum obyektlarning kirib kelishi sababli Varshava va Jeshuv aeroportlari yopildi.

    Bu haqda Reuters AQSh Federal aviatsiya boshqarmasiga (FAA) asoslanib, xabar bermoqda.

    “Ushbu obyektlarni aniqlash va zararsizlantirish bo'yicha operatsiya davom etmoqda”, deya xabar berdi agentlikka respublika Mudofaa vazirligi.

    FAA ma'lumotlariga ko'ra, Polsha to'rtta aeroportni, jumladan Varshavadagi Friderik Shopen nomidagi va Jeshuv-Yasyonka xalqaro aeroportlarini yopgan.

    03:33

    Polshaning Jeshuv shahridagi aeroport ertalab soat oltigacha yopilishini e'lon qildi.

    Bu haqda VVS yozdi.

    Ukraina monitoring Telegram-kanallari bir nechta Rossiyaning “shahidlari” Polsha havo hududiga uchib o'tgani va ulardan kamida bittasi Jeshuvga uchayotgani haqida xabar bermoqda.

    Aeroportning rasmiy e'lonida aytilishicha, u “rejadan tashqari harbiy harakatlar tufayli” yopilgan.

    Ukraina kanallari va Flightradar24 sayti ma'lumotlariga ko'ra, Polsha qiruvchi samolyotlar va radar razvedka samolyotini uchirdi.

    Qayd etilishicha, Jeshuvda Ukrainaga yordam yetkaziladigan asosiy harbiy transport markazi tashkil etilgan, deb xabar berdi oxu.az.