Polsha o'z fuqarolarini Belarusni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

    Bu tavsiyalar ikki davlat o'rtasidagi chegaradagi vaziyatning keskinlashuvi va polyaklarning o'zboshimchalik bilan hibsga olinishi bilan bog'liq, deb xabar qildi Polshaning Minskdagi elchixonasi.

    Polsha Tashqi ishlar vazirligi o'z fuqarolariga Belarusni zudlik bilan tark etishni va mamlakatga sayohat qilishdan tiyilishni tavsiya qildi. Bu haqda Minskdagi Polsha elchixonasi xabar berdi.

    “Tashqi ishlar vazirligi Belarus Respublikasiga har qanday sayohat qilishdan bosh tortishni tavsiya qiladi va hozirda Belarus Respublikasida bo'lgan Polsha fuqarolarini mavjud tijorat va xususiy vositalardan foydalangan holda zudlik bilan uning hududini tark etishga chaqiradi”, deyiladi elchixona matbuot xizmati xabarida.

    Bu tavsiyalar ikki davlat chegarasida vaziyat keskinlashgani va Polsha fuqarolarining o'zboshimchalik bilan hibsga olinishi bilan bog'liq ekani aytilmoqda.

    Polsha 11-sentabrdan 12 sentabrga o'tar kechasi Belarus bilan avval ishlagan barcha chegara o'tish joylarini yopib qo'ydi. Bu haqdagi qaror 9-sentabr kuni Polsha Bosh vaziri Donald Tusk tomonidan qabul qilindi va u chorani 12-16-sentabr kunlari bo'lib o'tgan Belarus-Rossiya “Zapad-2025” harbiy mashg'ulotlari bilan bog'ladi, deb xabar berdi tass.ru.