Xususan, diplomatik vakolatxona diplomatlari “Artur Grabovski” advokatlik byurosi hamda Polsha Chegara xizmati bilan hamkorlikda olib borilgan muzokaralar natijasida namanganlik vatandosh I.M. muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi.
Hamyurtimiz Polshada o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasini sodir etgani uchun mazkur mamlakat Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan sudlanib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Elchixona tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar hamda Yevropa Ittifoqining Chegara va sohil xavfsizligi agentligi (Frontex) ko‘magida yurtdoshimiz uchun “Varshava–Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta xarid qilindi.
Zarur rasmiylashtiruv va kuzatuv ishlari yakuniga yetkazilgach, O‘zbekiston fuqarosining Polshadan chiqib ketishi tashkil etildi va u sog‘-salomat Vatanga qaytarildi.