Pol`shada karantin choralari yumshatilmoqda

    Salomatlik 27 May 2020 1181

    Pol`sha hukumati koronavirus tarqalishi bilan bog'liq cheklovlarni bekor qilmoqda, dedi mamlakat bosh vaziri Mateush Moravetskiy Varshavada bo'lib o'tgan matbuot anjumanida.

    eslatib o'tamiz, oldinroq bosh vazir odamlar o'rtasida ikki metrlik masofa saqlansa, 30 maydan boshlab ko'chada niqob taqib yurmaslik mumkinligini aytgan. “6 iyundan boshlab kinoteatrlar, suzish havzalari, filarmoniya jamiyatlarini ochishga ruxsat beriladi”, dedi bosh vazir. Uning ta'kidlashicha, diskotekalar va klublar yopiq qoladi. Bundan tashqari do'konlarga tashrif buyuruvchilar sonining cheklanishi bekor qilinadi.

    O'z navbatida Pol`sha sog'liqni saqlash vaziri Lukash SHumovskiy mamlakat aholisini ehtiyotsizlikdan ogohlantirdi. “Bu epidemiyaning tugashini anglatmaydi. U mavjud, yangi fokuslar paydo bo'lishi mumkin. SHuning uchun biz ijtimoiy masofani saqlaymiz va agar biz ularga rioya qilmasak, unda niqoblar paydo bo'ladi”, dedi SHumovskiy.

    So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Pol`shada 22 ming 303 nafar kishi koronavirus infektsiyasiga chalingan, ulardan 1025 nafari vafot etgan.