Qayd etilishicha, mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida xorijga kelgan O‘zbekiston fuqarosi B.J. ish joyini yo‘qotishi oqibatida og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgani sababli bilan vatanga qaytishda amaliy yordam so‘rab elchixonaga murojaat qilgan.

Elchixona tomonidan Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda tegishli tashkiliy va diplomatik chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Mazkur fuqaroning ijtimoiy ahvoli inobatga olinib, migratsiya agentligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan uning O‘zbekistonga qaytishi uchun aviachipta xarid qilingan.

Shuningdek, elchixona tomonidan hamyurtimizning qaytish hujjatlarini rasmiylashtirish, safarini tashkil etish hamda boshqa konsullik va tashkiliy masalalarni hal etishda zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan.