Ushbu tadbir Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan shahar hokimligi va 1876-yildan boshlab 21 yil davomida Samarqandda yashagan Leon Barщevskiyning nevarasi va arxiv sohibi Igor Stroyeskiy bilan hamkorlikda tashkil etildi. Arxiv oʻzbek xalqining anʼana va urf-odatlari, tarixiy voqealari aks etgan 3 mingdan ortiq suratlardan iborat edi.
Koʻrgazma ishtirokchilari mazkur koʻhna suratlarda aks etgan boy tarix, madaniyat, anʼanalar, shuningdek, oʻzbek xalq ustalarining oʻziga xos amaliy sanʼat asarlari va Oʻzbekistonning boy sayyohlik salohiyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbirda mintaqa maʼmuriyati vakillari, mahalliy shahar muzeyi xodimlari, tarixchilar, madaniyat arboblari va sanʼatshunoslar, Polshaning taniqli amaliy sanʼat ustalari, Mazoveskiy voyevodaligining ommaviy axborot vositalari, shuningdek shahar jamoatchiligi vakillari ishtirok etishdi.









