Polshada parlament saylovi: ovozlar sanab chiqildi

    Polshada parlament saylovida berilgan barcha ovozlar sanab chiqildi. Hukmron “Qonun va adolat” partiyasi 35,38 foiz ovoz bilan birinchi o'rinni egalladi.

    Muxolifatdagi “Fuqarolar koalitsiyasi” – 30,70 foiz ovoz bilan ikkinchi o'rindan joy olgan bo'lsa, keyingi o'rinlarni “Uchinchi yo'l” (14,40 foiz ovoz), “Levitsa” (8,61 foiz) va o'ta o'ngchi Konfederatsiya (7,16 foiz) partiyalari egalladi.

    Shunday qilib, Fuqarolik koalitsiyasi, “Uchinchi yo'l” va “Levitsa” partiyalari hukumatni shakllantirish imkoniyatiga ega.

    15-oktabr kuni Polshada parlament saylovlari bo'lib o'tgandi, deb xabar beradi korrespondent.net.