Bu haqda Polsha Bosh vaziri X ijtimoiy tarmog'ida yozdi.
Kuchli yog'ingarchilik tufayli Nisa daryosining (Oder daryosining chap irmog'i) toshib chiqishi tufayli Polshaning janubi va janubi-g'arbidagi Sileziya va Quyi-Sileziyada yirik suv toshqini sodir bo'ldi. Bu 1997-yildan buyon eng kuchli suv toshqini ekani aytilmoqda. Klodzko shahri markazi va uning atrofi suv ostida qoldi, hududning 1600 nafardan ortiq aholisi evakuatsiya qilindi. Armiya qutqaruvchilar va o't o'chiruvchilarga ko'maklashmoqda. Polsha matbuotiga ko'ra, ikki kishi tabiiy ofat qurboni bo'ldi. Mamlakat janubida 50 mingga yaqin aholi elektrsiz qolmoqda, deb xabar beradi report.az.