Qayd etilishicha, toshqin qurbonlari soni ortishi mumkin, chunki ko'plab odamlar bedarak yo'qolgan deb hisoblanmoqda.
Kuchli yomg'ir tufayli Polsha janubida suv toshqini sodir bo'ldi – daryolar qirg'oqlaridan toshib chiqdi va aholi punktlari suv ostida qoldi. Odamlar evakuatsiya qilinmoqda. Polsha Vazirlar Mahkamasi suv toshqini ehtimoli bor hududlarda tabiiy ofat holatini joriy qildi, deb xabar beradi report.az.