Tadbir ishtirokchilari davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining maqsad va ustuvor vazifalari bilan tanishdilar. Jumladan, yurtimiz yoshlarining ijtimoiy hamda ma’naviy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratib berishga qaratilgan sa’y-harakatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati alohida urg‘ulandi.
O‘zbekiston elchisi Baxrom Boboyev o‘z nutqida vatandoshlarga mustaqillik xalqimizga o‘zligini anglash, tarixini chuqur o‘rganish va bilish, madaniy va ma’naviy merosdan bahramand bo‘lish imkoniyatini taqdim etganini ta’kidladi. O‘tgan o‘ttiz ikki yil davomida mamlakatimiz tarixiy rivojlanish davrini boshdan kechirib, turli sohalarda salmoqli muvaffaqiyatlarga erishgani va ular xalqimiz farovonligini ta’minlash uchun xizmat qilayotgani aytib o‘tildi. Shuningdek, O‘zbekistonda inson xuquqlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanligi bildiridi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqan yurtdoshlarimiz so‘nggi yillarda O‘zbekiston qonunchiligida, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida yuz berayotgan islohot va o‘zgarishlar jarayonini yuqori baholadilar.
Bo‘lib o‘tgan muloqot yakunida vatandoshlar konsullik-huquqiy masalalarga oid savollariga diplomatlardan batafsil javob oldilar.