Polshadagi konda 60 dan ortiq odam vayronalar ostida qolib ketdi

    Polsha janubida Sileziyadagi Ridultovi konida 60 dan ortiq ishchi yer osti silkinishi oqibatida vayronalar ostida qolib ketdi.

    Bu haqda Polska Grupa Gurnicza kompaniyasi vakili Aleksandra Visokka-Sembiga TVP Info telekanaliga ma'lum qildi.

    Uning ma'lumotlariga ko'ra, 11-iyul kuni soat 8:00 atrofida 1200 metr chuqurlikda kuchli yer osti silkinishi sodir bo'ldi. Qutqaruv ishlari olib borilmoqda, vayronalar ostida ishlayotgan 68 nafar konchi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi, dedi u.

    Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, 15 kishi yer yuzasiga olib chiqildi, bir konchi boshidan jarohat olib shifoxonaga yuborildi.

    Ridutovi koni Polshadagi eng qadimgi konlardan biri bo'lib, XVIII asrdan boshlab undan foydalanish boshlandi. 2023-yil holatiga ko'ra, uchastkada 2500 dan ortiq odam mehnat qilgan, shundan 2100 nafari yer ostida ishlagan, deb xabar beradi report.az.