Pol`shalik shaxmatchi, FIDE masteri Kamil Plichta o'zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning g'alabasiga o'zgacha reaktsiya bildirdi.
«Keyingi farzandimning ismini Nodirbek qo'yaman. Hatto qiz bo'lsa ham farqi yo'q», – degan Plichta o'zining Twitter sahifasida.
Nodirbek Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 10-turida Hindiston vakili Gukesh Dommaraju ustidan g'alabaga erishdi. Partiyaning katta qismida Hindiston vakili dominantlik qildi, biroq Nodirbek bahs davomida raqibining xatosidan foydalanib, g'alabani ilib ketdi.
O'zbekiston erkaklar terma jamoasi so'nggi 11-tur doirasida Niderlandiyaga qarshi dona suradi. Mazkur bellashuvdagi g'alaba O'zbekistonga chempionlikni olib kelishi mumkin.