Rossel`xoznadzor 26 noyabr kuni Farg'ona viloyati, 4 dekabr kuni Navoiy viloyatidan Rossiyaga olib kelinadigan pomidor va qalampirlarga taqiq qo'ygan edi.

Rossiya veterinariya va fitosanitariya nazorati bo'yicha federal xizmati xabariga ko'ra, 11 dekabrdan Qashqadaryo viloyatidan olib kelinadigan pomidor va qalampirga ham taqiq kiritiladi. 

Buning sababi shundaki, OOO «SUNNY LAND EXPORT» korxonasi (Qashqadaryo viloyati) tomonidan Rossiyaga olib kirilgan pomidorlarda urug'li jigarrang burishgan virusi (ToBRFV Tomato brown rugose fruit virus) aniqlangan.

Bundan tashqari, federal xizmat Armanistonning Armavir viloyatidan pomidor va qalampir hamda Ozarbayjondan pomidor va olmalarni import qilishni taqiqlamoqda. Federal xizmat Turkiyadan pomidor importini taqiqlashi ham mumkinligini aytgan.