Maʼlumotlarga koʻra, Namangan viloyati Pop tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi oʻzining 5 nafar oila aʼzolariga mazkur tuman hokimining 2021-yil fevral oyidagi qarori bilan limon yetishtirish uchun issiqxona tashkil etish maqsadida ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini oʻzining mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish hamda u yerda kottej tipidagi uy-joylar qurishi uchun ruxsat olib berish evaziga 160 ming AQSH dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.