Poplik otadan 140 million so'mdan ortiq aliment undirildi

    Ijtimoiy hayot 13 Iyul 2020 2019

    Byuroning Pop tuman bo'limi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari va tushuntirishlar samara berib, ota o'z farzandi uchun voyaga etgunga qadar bo'lgan aliment summasini to'liq to'lab berdi.

    Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Chust tumanlararo sudining 2019-yil 28 oktbyardagi qaroriga koʻra Sarinov Ruslandan undiruvchi Nurmatova Maxsuma foydasiga 1 nafar farzandi uchun har oy jami daromadidan ¼ qism miqdorida aliment undirish belgilangan.

    Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman boʻlimi ish yurituviga olingan va ijro harakatlari olib borilgan. Sarinov Ruslanga farzandi uchun har oyda aliment mablagʻini oʻz vaqtida toʻlab borishi yoki amaldagi tartib qoidaga koʻra 18 yoshga yetguncha qadar ham toʻliq toʻlanishi mumkinligi tushuntirib oʻtilgan. Oʻz oʻrnida maʼsuliyatini his etgan ota farzandi uchun voyaga yetguncha qadar toʻliq aliment mablagʻini toʻlashni soʻrab murojaat etdi.

    Kuni kecha ushbu murojaati koʻrib chiqilib, otadan 140.040.465 soʻm aliment pullari undirilib, undiruvchiga tilxat asosida topshirilishi taminlandi. Ijro hujjati toʻliq taminlandi.

    MIB Namangan viloyat boshqarmasi