Boʻzatov tumanida yashovchi, tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi inspektori lavozimida ishlab kelayotgan fuqaro S.M oʻzining rahbari Boʻzatov tumani Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori ishdan boʻshatib yubormaslik evaziga pora tariqasida pul talab qilayotganligini bildirib IIVga qilgan murojaati yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Korrupsiya va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Boʻzatov tumani Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori I.B qoʻl ostida ishlovchi fuqaro S.Mdan ishdan boʻshatib yubormaslik evaziga pora tariqasida talab qilgan 2.000.000 soʻm pullarni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan tadbir ishtirokchilari tomonidan qoʻlga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati