Portugaliya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

    Xalqaro hamkorlik 17 Noyabr 2021 920

    2021-yil 16-noyabrda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining Bryusselga tashrifi doirasida Portugaliya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Augusto Santush Silva bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Muzokaralar chogʻida turli darajadagi tashriflarni tashkillashtirish, vazirliklararo maslahatlashuvlarni oʻtkazish, xalqaro tashkilotlar doirasida tomonlarning bir-birini qoʻllab-quvvatlashi orqali siyosiy muloqotni faollashtirish muhimligi qayd etildi.

    Toʻqimachilik, farmatsevtika, agrar va sayyohlik sohalarida hamkorlik uchun salmoqli salohiyat mavjudligi qayd etildi.

    Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Portugaliya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlar toʻgʻrisida anglashuv memorandumi imzolandi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.