Poyezd Lissabondan Braga shimoliga qarab ketayotgandi. U Koimbra va Porto shaharlarida toʻxtash kerak edi. Biroq taxminan soat 15:30 da Soure shahrida temir yoʻl texnik xizmat koʻrsatish mashinasiga urildi.
Prezident Marselu Rebelu di Soza ushbu jiddiy avariyada halok boʻlganlarning oila aʼzolari va doʻstlariga taʼziya izhor etdi. Mamlakatdagi yordamni boshqarish boʻyicha milliy agentlik “Reuters” axborot agentligiga favqulodda xizmatlar voqea joyida boʻlganini aytdi.
Ularning soʻzlariga koʻra, 163 qutqaruv xizmati xodimlari, shu jumladan oʻt oʻchiruvchilar va ikkita tibbiy vertolyot yordamga borgan. Aytishlaricha, Portugaliyadagi eng tezkor Alfa Pendular poyezdida 240 yoʻlovchi boʻlgan.
Portugaliyalik Diario “Jornal de Noticias” gazetasiga halokat paytida poyezd ichida vahima koʻtarilganligini aytgan. “Men oʻlsam kerak deb oʻylagandim. Poyezdning toʻxtashi uchun 10-15 soniya vaqt kerak boʻldi. Odamlar qichqirar va yerda yotar edilar. Keyin poyezd ichi tutunga toʻla boshladi. Eshiklar buzilganligi sababli biz vagon ichida qoldik. Kimdir ulardan birini sindirishga muvaffaq boʻldi va biz tashqariga chiqib, boshqa odamlarga yordam berishni boshladik”, deyishdi ular.