Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Toshkent-Seul” reysi boʻyicha parvozini yakunlagan yoʻlovchilardan birining qoʻl va yoʻl yuklari belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganda, yuklar orasidagi kosmetika vositalari qutilari hamda sumka astarlariga 3 xil rusumdagi 99 dona muqaddam foydalanilgan smartfonlar yashirilganligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ularning umumiy qiymati salkam 207 mln soʻmni tashkil qilmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, joriy yilning 9 oyi mobaynida “Toshkent-AERO” IBK tomonidan 286 ta holatda jami 17,3 mlrd soʻmlik uyali aloqa vositalari hamda elektron qurilmalarning noqonuniy olib oʻtilishi toʻxtatib qolingan, — deyiladi xabarda.