Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati mazkur farmonga muvofiq, quyidagi davlat aktivlarini yangicha, zamonaviy usullar orqali sotish boʻyicha savdolar boshlanganini eʼlon qildi.

“Poytaxt biznes majmuasi” MCHJ mulkiy majmuasi, “Ichan qalʼa” mehmonxona majmuasi, “Beldirsoy oromgohi” dam olish maskani, “Sijjak” dam olish maskani, “Qizil suv sport sogʻlomlashtirish” MCHJ, “Malika” savdo va maishiy xizmat koʻrsatish majmuasi, “Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi”, “Maʼmuriy bino” (Sobiq Respublika birja markazi).

Davlat aktivlarini sotish ishlari Davlat tender komissiyasi tomonidan amalga oshirilib, savdolar ikki bosqichda oʻtkaziladi.

Birinchi bosqichda – talabgorlar oldindan saralanadi, ikkinchi bosqichda – talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va toʻlovni amalga oshirish muddati) hamda toʻlov qobiliyati baholanadi.