Poytaxt jamoat transporti yagona aglomeratsiya tizimiga oʻtib, Toshkent viloyatining barcha tutash hududlarini qamrab oladi

    Toshkent xalqa yoʻligacha kelayotgan 20 ta avtobus yoʻnalishi 15-20 kilometrga uzaytiriladi, yana yangi 6 ta marshrut qoʻshiladi. Bu Toshkent viloyati aholisi uchun katta qulaylik boʻladi.

    Poytaxtga kuniga 1 million odam tashrif buyursa, shundan 275 ming nafari Toshkent viloyatidan keladi.

    Shu bois poytaxt jamoat transporti yagona aglomeratsiya tizimiga oʻtib, Toshkent viloyatining barcha tutash hududlarini qamrab oladi.

    Buning uchun, Toshkent xalqa yoʻligacha kelayotgan 20 ta avtobus yoʻnalishi 15-20 kilometrga uzaytiriladi, yana yangi 6 ta marshrut qoʻshiladi. Bu Toshkent viloyati aholisi uchun katta qulaylik boʻladi.

    “Marshrutlar uzaysa, kutish vaqti koʻpayadi”, deb aholi xavotirga tushmasin. Sentyabrgacha poytaxtga 200 ta, keyingi yili yana 1 mingta avtobus olib kelamiz», — dedi davlatimiz rahbari.

    Yangi tizimni poytaxt va Toshkent viloyati uchun 1-sentyabrdan, yirik shaharlarda esa kelasi yili 1-yanvardan joriy qilish topshirildi.