Poytaxt ko‘chalarida avtobuslar uchun yana alohida yo‘laklar ajratilishi mumkin

    Shu to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. 

    Unga koʻra, Toshkent shahrining Amir Temur, Shahrisabz, Shota Rustaveli va Yangi Sergeli koʻchalarida tezkor avtobuslar harakatlanishi uchun alohida ajratilgan avtobus yoʻlagi tashkil etiladi.

    Loyihalash, qurilish va taʼmirlash ishlari buyurtmachisi etib Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi belgilanadi.

    Qurilish va taʼmirlash ishlari uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni Toshkent shahar hokimligining mahalliy byudjeti daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi, yoʻl harakati qoidabuzarliklaridan tushumlar, “Xavfsiz va ravon yoʻl jamgʻarmasi” hamda Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda shakllantiriladi.