Ijtimoiy tarmoqlarda 7-fevral kuni soat 12:00da 2 ta “Yutong” rusumli elektrobus haydovchisining qoidabuzarligi oqibatida elektrobusga texnik shikat yetganligi haqida tanqidiy post joylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” izoh berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat bugun soat 11:00 larda kuzatilgan boʻlib, bunda “1-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi “Yutong” rusumli 28-sonli yoʻnalish haydovchisi X.A avtobusni Yashnobod tumani, Mahtumquli koʻchasi boʻylab boshqarib kelib, “Uspenskiy nomidagi musiqa maktabi” bekatiga toʻxtayotgan vaqtida, shu bekatda toʻxtab yoʻlovchi tushirayotgan “5-avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi “Yutong” rusumli 44-sonli avtobus bilan yonlama oraliq masofani saqlamaganligi oqibatida 28-sonli avtobusning oʻrta eshik qismi hamda 44-sonli avtobusning chap tomon orqani koʻrish oynasining korpus qismi bilan bir-biriga tegib qirilgan.

Sodir etilgan toʻqnashuvda tan jarohati olganlar yoʻq.

Hozirda mazkur yoʻl-transport hodisasi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.