Poytaxt ko‘chalaridagi mavjud vaziyatga rasman izoh berildi

    Hozirda kuchli  yomg‘ir sabab Toshkent ko‘chalari basseynga aylangan. Toshkent shahar hokimligi mavjud vaziyatga izoh berdi.

    “Shu kunlarda kommunal va obodonlashtirish sohasi vakillarining asosiy kuchlari ariqlar va drenaj tizimlaridagi chiqindilarni chiqarishga va suv yo‘llarini ochishga qaratilgan.

    Ushbu vaziyatning yagona sababi – chiqindilarning belgilangan joylarga emas, balki yo‘llarga va ariqlarga tashlab ketilishi.
    Kelajakda bunday holatlar qaytarilmasligi uchun chiqindilarni faqat belgilangan joyga tashlashingizni, bu orqali poytaxtimiz ozodaligiga o‘z hissangizni qo‘shishingizni so‘raymiz!” — deyiladi hokimlik bayonotida.