Toshkent shahridagi Beruniy shoh ko'chasining bir qismi 12 oktyabrgacha qisman yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda yo'l ta'mirlash ishlari sababli 8 oktyabr` soat 09:00 dan 12 oktyabr` soat 00:00 gacha Beruniy shoh ko'chasining Samarqand darvoza va Navoiy shoh ko'chalari bilan kesishmasidan Laylito'g'on hamda Siqichmon ko'chalari bilan kesishmasigacha bo'lgan oralig'idagi qismi — ikki tomonlama yo'l qisman yopilgani qayd etilgan.
Toshkent shahar hokimligi noqulayliklar uchun uzr so'radi.