Poytaxt turizmi yetakchi sohalardan biriga aylanadi

    Turizm 11 Yanvar 2021 1359

    Toshkent shahrida 2021-yil turizm sohasida amalga oshiriladigan investitsion loyihalar belgilab olindi.

    Toshkent shahrida 2021-2023-yillarda mahalliy va xorijiy tashabbuskorlar tomonidan jami qiymati 9,442 trillion soʻm miqdoridagi 90 ta loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    Mazkur loyihalarda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya 739,5 million dollarni tashkil etib, shundan 3 596 ta xona va 7 050 ta oʻringa moʻljallangan 66 ta mehmonxona, 12 ta savdo, koʻngilochar biznes markazi, 9 ta madaniyat va istirohat bogʻi va 3 ta hunarmandchilik markazlari barpo etilishi nazarda tutilgan.

    Hozirda loyihalar boʻyicha manzilli roʻyxat shakllantirilib, monitoring ishlari olib borilmoqda. 2021-yilda turizm sohasiga doir investitsion loyihalarni amalga oshirish natijasida 6 102 ta yangi ish oʻrni yaratiladi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.