Bu haqda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Yoʻnalish harakati Xoʻjaqoʻrgʻon, Yenbekshi, Buvra ota, Yoʻldosh Oxunboboyev, Charogʻon, Oliygoh, THAY, Chinobod, Yangi shahar va Ahmad Donish koʻchalari orqali “Yunusobod 12-dahasi” bekatiga qadar tashkil etilgan.
Avtobuslar ish tartibi 05:30 dan 21:55 gacha deb belgilandi.
Ochiq tender savdolari natijalariga koʻra tuzilgan brutto shartnoma asosida mazkur yoʻnalishda xizmat koʻrsatish huquqi “Toshshahartransxizmat” AJning “5-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan. Yoʻnalishga katta sigʻimli 10 ta Mercedes Benz rusumli avtobus jalb etilgan.