Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash va yoʻllarda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda holatlarni oldini olish maqsadida bunday qarorga kelingan.
"“Toshshahartransxizmat” AJning tasarrufidagi barcha avtobuslar, “Toshavtotaʼmirxizmat” UK servis xizmati xodimlari tomonidan avtobus haydovchilari boshqaruv vaqtida tezlikni oshirmasliklari uchun maxsus dastur orqali tezliklari 50km soat bilan chegaralanmoqda», deyiladi xabarda.