Bugun tumanda 30 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari mavjud boʻlib, 147 800 dan ortiq fuqarolar istiqomat qiladi.
Tumanda Davlat xizmatlari markazi faoliyati yoʻlga qoʻyilib, 1 kunda 20-30 ga yaqin fuqarolarga xizmat koʻrsatilmoqda.
Endilikda, Yangi hayot tumani aholisi davlat xizmatlariga ehtiyoj sezganda, Sergeli tumani DXMga bormasdan, kerakli xizmatlarni olishlari mumkin.
Maʼlumot uchun: Yangi hayot tumani Davlat xizmatlari markazi binosi Yangi hayot tumani,Birlik koʻchasi, 70-uyda joylashgan.
Respublikamizda 205 ta DXM, 110 ta filial faoliyat koʻrsatib kelmoqda.









