Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida elektr uzatish tarmog'idagi kabel yonib ketdi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali bergan ma'lumotga ko'ra, mazkur ko'chadagi aholi xonadonlarini elektr bilan ta'minlovchi uzatish tarmog'ida yuklamaning ortib ketishi natijasida simlarning qisqa tutashuvida kichik yong'in sodir bo'lgan.

Ayni vaqtda tezkor guruh ishchi-xodimlari tomonidan ta'mirlash ishlari olib borilib, avariya holati bartaraf etilmoqda.