Muammoning asosiy sababi 2022-yil 31-mart kuni eski guvohnomalarni almashtirishning birinchi bosqichi yakunlanishi, 2010-yilgacha berilgan eski “prava”lar haqiqiy emas deb hisoblanishi va belgilangan muddatda hujjatini almashtirmaganlar sonining koʻpligida, deya maʼlum qiladi Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati.

Muammoni yechish maqsadida Toshkent shahrining Mirobod, Mirzo Ulugʻbek, Yashnobod, Yakkasaroy, Sergeli, Chilonzor, Uchtepa, Shayxontohur, Olmazor, Yunusobod tumani DXMlarida “soʻnggi mijozgacha” ish rejimi tashkil qilindi. 

Bunda, DXMlar orqali haydovchilar dushanbadan-juma kuniga qadar ertalab soat 9:00dan kechgacha hamda shanba kuni soat 09:00dan 13:00 ga qadar xizmatdan foydalanishlari mumkin.