Unga koʻra:
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda muassis sifatidagi “Digital Knowledge Co., Ltd.” Kompaniyasining Yaponiya raqamli universiteti tashkil etildi.
Universitetning asosiy vazifalari va faoliyati:
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy taʼminotni ishlab chiqaish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish hamda iqtisodiyotning ehtiyoji yuqori boʻlgan boshqa sohalari boʻyicha oliy maʼlumotli raqobatbardosh kadrlarni xalqaro standartlar darajaisda sifatli tayyorlashni taʼminlash;
- Respublikaning oliy taʼlim tizimiga oʻquv jarayonini zamonaviy taxlim texnologiyalari asosida tashkil etish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish, ochiq axborot-taʼlim muhitining rivojlanishiga koʻmaklashish;
- Taʼlim dargohda xorijiy oliy taʼlim muassasalarining dasturlarini joriy etish;
- Kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish hamda modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan yangi taʼlim dasturlari, oʻqitishning masofaviy shakllarini ishlab chiqish va joriy etish va boshqalar.
Universitetda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kunduzgi va masofaviy taʼlim shakllarida kadrlar tayyorlanadi.
Abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish bevosita muassis va Oliy taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Universitetda talabalarning oʻqishi uchun toʻlov-kontakt mablagʻlari miqdori Muassis tomonidan belgilanadi.
Har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan farzandlari orasidan taklov asosida bepul (Universitet granti asosida) 10 nafardan kam boʻlmagan abituriyentlar qabul qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, “Muhandislik-dasturchi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha Universitetga talabalar 2020/2021 oʻquv yilidan, “Kompyuter grafikasi va dizayn” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha qabul esa keyingi yildan boshlab amalga oshiriladi.