Poytaxtda yuk mashinalari harakati vaqtincha toʻliq cheklanadi

    Avariya-qutqaruv xizmatlari mashinalari va maxsus transport vositalari bundan mustasno

    Toshkent shahar IIBBning maʼlum qilishicha, joriy yilning 9-aprel kuni soat 17.00 dan 10-aprel soat 17.00 gacha Toshkent shahriga yuk avtomashinalarining kirishi va shaharda yuk avtomashinalarining harakatlanishi toʻliq cheklanadi.

    Cheklov Ramazon hayiti munosabati bilan poytaxtimizda xavfsizlik choralarini koʻrish maqsadida amalga oshirilmoqda.

    Avariya-qutqaruv xizmatlari mashinalari va maxsus transport vositalari bundan mustasno ekani maʼlum qilindi.