Qarorga ko'ra, Toshkent shahri Mirobod tumanidagi P.F.Barovskiy nomli tibbiyot kolleji bino va inshootlari, istisno tariqasida, “Tashkent International Medical Center” MCHJga “nol`” xarid qiymatida sotiladi.

Ob'ektni sotib olgan investorga:

  • 2022 yil 1 sentyabrga qadar ob'ektda kamida 50,0 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish orqali zamonaviy ko'p tarmoqli tibbiyot kompleksi faoliyatini tashkil qilish;
  • 500 yangi ish o'rni yaratish majburiyati yuklatiladi.

“O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiyo faoliyat milliy banki” aktsiyadorlik jamiyati va “O'zsanoatqurilishbanki” aktsiyadorlik jamiyatiga investorga loyihani amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda kredit ajratish tavsiya etiladi.

Loyihani amalga oshirish doirasida ishtirok etadigan xorijiy tashkilotlar vakillari va xorijiy mutaxassislarga Sog'liqni saqlash vazirligining buyurtmanomalari asosida:

  • Belgilangan tartibda kirish vizalari rasmiylashtirilishi,
  • belgilangan tartibda ko'p martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishi hamda vaqtinchalik yashash joyi bo'yicha ro'yxatga qo'yilishi va muddati uzaytirilishi ta'minlanadi.

Qurilish vazirligi ushbu qaror doirasida ob'ektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal ta'mirlash bo'yicha bajarilayotgan ishlarning sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan arxitektura-qurilish nazoratini o'rnatishi belgilandi.