Poytaxtdagi ayrim avtobus yoʻnalishlariga vaqtincha oʻzgartirish kiritildi

    Transport 23 Fevral 2021 687

    Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati maʼlum qildi.

    Poytaxtdagi ayrim avtobus yoʻnalishlari vaqtinchaga oʻzgartirildi

    Toshkent metropolitenining yer usti xalqa yoʻnalishi, navbatdagi bosqichini qurish ishlari olib borilayotganligi sababli, Yangi Qoʻyliq va Toshkent xalqa avtomobil yoʻli koʻchalari chorrahasi avtomobillar harakati uchun yopilganligi munosabati bilan, ushbu chorraha orqali harakatlanuvchi 37, 45, 55-sonli avtobus yoʻnalishlari harakatiga vaqtinchalik quyidagicha oʻzgartirishlar kiritiladi:

    37 va 55-sonli avtobus yoʻnalishlari harakati ikki tomonlama Toshkent xalqa aylanma yoʻlidan Qoʻyliq mahallasi hududi (Tibbiyot kolleji koʻchasi) va Yangi Qoʻyliq koʻchalari orqali oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda oʻzgartiriladi;

    45-sonli avtobus yoʻnalishining Qoʻyliq bozori tomon harakati Toshkent xalqa aylanma yoʻli orqali Qoʻyliq dehqon bozoriga qadar, qaytish yoʻnalishidagi harakati Qoʻyliq bozoridan Fargʻona yoʻli, Yangi Qoʻyliq koʻchalari hamda Qoʻyliq mahallasi hududi (Tibbiyot kolleji koʻchasi) va Toshkent xalqa aylanma yoʻli koʻchalari orqali oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda oʻzgartiriladi.

    Bunda yoʻnalishning Qoʻyliq dehqon bozori soʻnggi bekatida toʻhtab turish vaqti qisqartiriladi.

    Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz!