Poytaxtdagi koʻchalardan biri noyabrgacha yopildi

    Urbanizatsiya 7 Oktabr 2021 696

    Haydovchilardan aylanma yoʻllardan foydalanishlarini va yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr soʻralgan.

    Yoʻl taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 7-oktyabr kuni soat 16:00 dan – 1-noyabr kuni soat 20:00 ga qadar Toshkent shahrining Mirobod tumani, Toshkent “MUM” avtoshohbekati hamda Chimkent koʻchasi kesishmasida transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklanadi, deya xabar berdi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.

    Haydovchilardan aylanma yoʻllardan foydalanishlarini va yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr soʻralgan.