Xabarga koʻra, Toshkent shahri va viloyatlarda joriy yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish hamda farmonlar ijrosini taʼminlash maqsadida taqsimlash tarmoqlarida yangilash hamda taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur jarayonda ishchi-xodimlarning xavfsizligi taʼminlash maqsadida hududlar kesimida rejaviy oʻchirishlar amalga oshirilmoqda. Bunday rejaviy oʻchirishlar Toshkent shahri va hududlarda jamiyatning korxona va filial axborot xizmatlari tomonidan doimiy ravishda eʼlon qilinib borilishi taʼminlangani keltirilgan.

Shuningdek, issiq kunlarda maʼlum hududlarda avariyaviy holatlarning yuzaga kelishi ham elektr energiyasida uzilishlarni vujudga keltirib chiqarishiga sabab boʻlmoqda, deyiladi xabarda.