Poytaxtdan “Toshkent dengizi”gacha tezyurar avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

    Urbanizatsiya 12 Oktabr 2021 1465

    Poytaxtdan “Toshkent dengizi”gacha tezyurar avtobus loyihasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

    Toshkent viloyati hokimligi poytaxt va “Toshkent dengizi” oraligʻida tezyurar avtobus (BRT) loyihasini amaliyotga tatbiq etish maqsadida uning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish uchun arxitektorlar, muhandislar, rejalashtiruvchi mutaxassislarni jalb etyapti.

    Gap shundaki, joriy yil 11-oktyabrda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi Davron Hidoyatov viloyat Kengashining “Xalqaro tajribani keng qoʻllash bilan Toshkent viloyatida jamoat transportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga imzo chekdi.

    Qarorda qayd etilishicha, loyihaning konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Uning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish uchun viloyat byudjetining orttirib bajarilgan qismidan 6,9 milliard soʻm ajratish rejalashtirilgan, deb xabar beradi Toshkent viloyat hokimligi matbuot xizmati.