Bugun, 1-dekabrdan Shayxontohur tumanidagi “Anhor” istirohat bog'ida start olgan ko'rgazma 10-dekabrga qadar davom etadi.

Yilning eng “shirin” tadbirida asal va asal mahsulotlari, asalarichilikda qo'llanilayotgan texnologiyalar hamda zamonaviy asalarichilik uskunalari ko'rgazmasi namoyish etiladi.

Mehmonlar sohadagi eng zamonaviy texnologiyalar namoyishi va turli asal mahsulotlarini xarid qilish imkoniyatini qo'lga kiritadi.