Shundan kelib chiqib, mavjud korxonalar tomonidan yangi texnologiyalar oʻrnatilib, ishlab chiqarish hajmi kengaytirilyapti. Yirik investitsiya loyihalari orqali yangi quvvatlar yaratilmoqda.
Xususan, Toshkent shahrining Sergeli tumanida “Oriyent Keramik” MCHJ tomonidan keramik plitka ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik korxonasi barpo etilmoqda. Loyiha qiymati 42 million AQSH dollarini tashkil etuvchi korxonada yiliga 9 million kvadrat metr keramik plitka ishlab chiqariladi.
Korxona foydalanishga topshirilgach, bu yerda 400 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Eng muhimi, mahsulot tayyorlash uchun mahalliy xom-ashyolardan foydalaniladi. Korxonada, shuningdek, keramogranit ham ishlab chiqariladi. Tayyor mahsulotning 30 foizi xorij bozorlargi sotiladi.