Poytaxtimizda olti oy davomida 72 167 dona gaz hisoblagichlar oʻrnatildi

    Poytaxtimizda “Tabiiy gaz nazorati va hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi” loyihasi doirasida shu kunga qadar 235 642 dona “aqlli” gaz hisoblash uskunalari aholi xonadonlariga bepul oʻrnatib berildi.

    Yanvar-iyun oylarida esa isteʼmolchilar xonadoniga 72 167 ta hisoblagich oʻrnatilgan.

    “Bu jarayon barcha tumanlarda izchil davom ettirilmoqda. Oʻrnatilgan hisoblagichlarning 85 foizi hovli-joylar hissasiga toʻgʻri keladi. Shuningdek, bugungi kunga qadar oʻrnatilgan “aqlli” gaz hisoblagichlarning har biri tabiiy gaz nazorati va hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan. “Aqlli” gaz hisoblagichlar isteʼmolchilar manfaatiga xizmat qilishi tabiiydir.

    Sohani raqamlashtirish va unga eng ilgʻor texnologiyalarni joriy etilishiga qaramasdan, gaz hisoblash uskunalaridan foydalanish talablarini buzish va isteʼmolchilar tomonidan ularning ishlashiga tashqi taʼsir koʻrsatish holatlari ham kuzatilmoqda,” deyiladi “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati xabarida.