Poytaxtimizda qurilish sohasidagi korxona va tashkilotlar soni 8 539taga yetdi

    Urbanizatsiya 29 Mart 2021 707

    2021-yil 1-mart holatiga qurilish sohasida korxona va tashkilotlar soni 8 539 tani tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 mingtaga oshdi.

    Tumanlar kesimida:

    — Bektemir tumani — 180 ta,
    — Mirzo Ulugʻbek tumani — 1075 ta,
    — Mirobod tumani — 764 ta,
    — Olmazor tumani — 710 ta,
    — Sergeli tumani — 462 ta,
    — Uchtepa tumani — 622 ta,
    — Chilonzor tumani — 1098 ta,
    — Shayxontohur tumani — 685 ta,
    — Yunusobod tumani — 1114 ta,
    — Yakkasaroy tumani — 874 ta,
    — Yangihayot tumani — 169 ta,
    — Yashnobod tumani — 786 ta.

    Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmatining xabar berishicha, qurilish sohasidagi korxona va tashkilotlar soni koʻpayishining asosiy omili bu yoʻnalishdagi ishlar koʻlamining ortganidir.

    Yoʻnalishlar boʻyicha ish hajmining oʻsishi:

    — Bino va inshootlar qurish oʻtgan yilga nisbatan 113,7 % ga (jami qurilishdagi ulushi 50,0 %);
    — Fuqarolik obyektlarini qurish 125,7 % ga (jami qurilishdagi ulushi 6,5%);
    — Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari 121,1 % ga (jami qurilishdagi ulushi 43,5 %).

    Joriy yilning yanvar-fevral oylarida poytaxtimizda jami 2 935,2 milliard soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan, bu 2020-yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 104,1% ga koʻp.